Kecha saytimiz orqali xabar berib o'tganimizdek, hozircha Aleksandr Lupashko, Asker Najafaliev hamda Shahboz Jumaboev jamoani rasman tark etishdi. Shuningdek Asqar Jadigerovni ham ikkinchi davrada o'zga klubda to'p surishi oydinlashib bormoqda. Sababi Jadigerov hamon Andijonga kelmagan.
Yig'inga kelib qo'shilganlar esa Aslijon Mansurov (“Paxtakor”), Anvar Abduqodirov va Artur Mamatkazinni aytish mumkin.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, “Andijon” murabbiylar shtabida o'zgarish bor. Yani Orif Mamatkazin endilikda bosh murabbiy Azamat Abduraimovga yaqindan yordam beradigan bo'ldi.
Muxlislarga yaxshi ma'lumki, Mamatkazin ilgari ushbu jamoada ko'p yillar mobaynida murabbiy va bosh murabbiy sifatida ishlagan. Uning futbolchilik foliyati ham asosan “Andijon”da o'tgan.
Jamoa futbolchilari murabbiylar shtabi ishlab chiqqan rejaga ko'ra, kuniga ikki mahaldan “Sog'lom avlod” stadionida shug'ullanishmoqda.
Yana shuni ham aytib o'tish kerakki, “Andijon” 31 iyul kuni o'z maydonida “Navbahor” bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.