O'rgimchak-kamera APLda debyut qildi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2017, 17:43
Bir necha kun oldin o'rgimchak-kameradan Angliya Premer-ligasi tarixida ilk marotaba foydalanilishini e'lon qilgan edik.

Ushbu voqea "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Angliya chempionatining 21-tur bahsida sodir bo'ldi.


SkySports telekanali mutaxassislari o'rgimchak-kamera translyatsiya davomida boshqa kameralar nigohiga tushib qolmasligiga harakat qilishdi va buni uddalashdi. Ammo kadrda ushbu kamera "sayoxat" qiladigan simlar bazida ko'zga tashlandi.

O'RGIMCHAK-KAMERA YORDAMIDA OLINGAN KADRLAR




Ushbu texnologiya Amerikadagi bazi sport turlarida muntazam qo'llanib kelinadi. Ammo bunday balandlikdagi texnologiya uchun stadionlar ham mos bo'lishi kerak.


Milner penaltidan David De Xea darvozasiga urgan gol paytida o'rgimchak-kamera katta foyda berdi. Televizorlar ortidagi muxlislar o'zlarini xuddi maydonda turgandek his qildi. Ushbu texnologiya ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.


Sizchi, siz APL o'yinida debyut qilgan bu o'rgimchak-kamera haqida qanday fikrdasiz?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail