"Ordabasi" to'purari jarohat oldi

Оқил Абдубарноев
26 okt 2023
Qozog'iston terma jamoasi va “Ordabasi” sardori Asxat Tag'ibergen jarohat oldi.

Yaqinda mamlakat chempioniga aylangan futbolchi “Shaxtyor”ga qarshi o'yinning 71-daqiqasida almashtirildi. Tibbiy ko'rikdan so'ng jamoa shifokorlari o'ng oyoq suyagida yoriq paydo bo'lganini aniqladi.

Taxminlarga ko'ra, klub to'purari jarohat tufayli 6-8 hafta maydonga tusha olmaydi.

Shu bois Tag'ibergen Qozog'iston kubogi finalida “Tobol”ga qarshi o'yinda, shuningdek, Qozog'iston terma jamoasining Evro-2024 saralash bosqichida San-Marino va Sloveniyaga qarshi hal qiluvchi o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t.me/ordabasyfc