“Oq-tepa”. Tarkibdagi o'zgarishlar haqida

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2016, 17:00
Jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarligi davom etmoqda.

Marat Miftaxuddinov boshchiligidagi jamoa a'zolari kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazyapti. Mashg'ulotlarda jismoniy yuklamalarga ahamiyat berilmoqda. Aytish kerak, tarkibda bir qator futbolchilar shug'ullanyapti. Xususan, Viktor Klishin, Nodir Odilov, Aziz G'ulomxo'jaev, Nikita Efremenko, Izzatilla Abdullaev, Javodulla Ibrohimov, Vladislav Pavlovskiy mashg'ulotlarda astoydil shug'ullanyapti.

Bundan tashqari, o'tgan mavsum “Oq-tepa” libosida to'p surgan Elyor Jahonov, Rustam Dadaboev, Suhrobjon Sarimsoqov, Ildar Magdeev, Sobir Usmonxo'jaev, Temur Yafarov, Jo'rabek Sobirov, Farhod Miraahmatov, Anvar Rahimov, Abdujalil Hasanov kabi o'yinchilar ham jamoa bilan birga. Mashg'ulotlarda shuningdek, 2015 yil “Oq-tepa-2” jamoasida toblangan yosh iqtidorli futbolchilar ham qatnashmoqda.  


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: oq-tepa.uz