"Oq-tepa": Mashg'ulotlar boshlandi yoxud...

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2013, 10:27
Kecha xabar berganimizdek, jamoamiz mashg'ulotlarni boshladi.
Tushdan so'ng o'tkazilgan mashg'ulotlarda jami 27 nafar futbolchi ishtirok etdi. Mazkur o'yinchilar orasida Burchmulladagi yig'inda qatnashmagan Vadim Lyubinskiy, Vadim Nichunaev, Xislat Usmonov ham bor. Nikita Pavlenko allaqachon jamoada ekanligi haqida xabar bergandik.

21-turda “Istiqlol”ga qarshi bellashuvda jiddiy jarohat olgan Xislat Usmonovni inobatga olmasa, qolgan barcha o'yinchilar kechagi mashg'ulotlarda astoydil shug'ullanishdi. Usmonov esa, yakka tartibda mashg'ulotlarga kirishdi.

OAV xodimlariga aniq bo'lishi uchun aytib o'tmoqchimiz, ayni vaqtda birinchi bosqichni “Oq-tepa”da o'tkazgan Doniyor Usmonov, Ildar Magdeev, Bahodir Ergashev va Berumiy Abdunabiev jamoa bilan birga emas.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz