"Oq-tepa": Kubokdagi yurish davom etadi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2017, 20:06
"Mustaqillik Kubogi"dagi ishtirokini yirik g'alaba bilan boshlagan jamoamiz chorak finalga chiqdi.
Musobaqaning saralash bosqichida "Intersokker"ni 14:0 hisobida "taslim" etgan futbolchilarimiz nimchorak finalda "Bunyodkor-A"ga qarshi maydonga chiqdi. Qiziqarli uchrashuv "Oq-tepa"ning g'alabasi bilan yakunlandi va Yaroslav Krushelnickiy shogirdlari "pulka"ga yo'llanma beradigan turnirning chorak finaliga yo'l oldi.

MUSTAQILLIK KUBOGI - 2017
BUNYODKOR-A - OQ-TEPA - 1:2
"Oq-tepa": 
Rustam Dadaboev, Abdulaziz Ashrafxonov, Sergey Uvarov, Firdavs Kenjaev, Olmos Fayziev, Islom Yo'ldoshev (Islom Ortiqov), Izzatilla To'lqunov (Aziz To'xtamatov), Shohruh Gulmurodov, Irisdavlat Hakimov, Abdumalik Mahkamboev (Ilhom Abdiev), Shahboz Tojiev.
Gollar: Abdumalik Mahkamboev, Shohruh Gulmurodov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia