"Oq-tepa": "Intersokker" darvozasi yana o'n marta ishg'ol qilindi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 11:59
"Oq-tepa"ning Toshkent shahar birinchiligidagi yurishi davom etadi.
Kecha bo'lib o'tgan 19-tur uchrashuvida "Intersokker"ni qabul qilgan Yaroslav Krushelnickiy shogirdlari raqib darvozasini 10 marta ishg'ol qilishdi. Aytish kerak, bu yil hisobidan jamoamiz "Intersokker" bilan uchinchi marta to'qnash keldi. Chempionat bahslarida raqib 10:0 va 10:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, "Mustaqillik Kubogi"da 14:0 hisobi qayd etildi.  

TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI
OQ-TEPA - INTERSOKKER - 10:1
17 avgust. Toshkent. "Oq-tepa" maydoni.
"Oq-tepa":
Mixail Koplan, Jahongir Ismoilov (Abdulaziz Ashrafxonov), Sergey Uvarov, Islomjon Ortiqov, Rasul Rahmonberdiev, Aziz To'xtamatov, Irisdavlat Hakimov, Shahboz Tojiev, Olmos Fayziev (Ilhom Abdiev), Nodirjon Nosirov (Shohruh Gulmurodov), Abdumalik Mahkamboev.
Gollar: Aziz To'xtamatov (2ta), Irisdavlat Hakimov (2ta), Abdumalik Mahkamboev (2ta), Ilhom Abdiev (2ta), Shahboz Tojiev, Islomjon Ortiqov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia