

Amalda "Oq-tepa" jamoasi a'zosi sanalgan Hakimov yil davomida bir necha marta terma jamoa yig'inlarida ishtirok etdi. Qolaversa, "Oq-tepa" safida ko'plab muhim gollarni urib, yakunda jamoa to'purariga aylandi. Biz Hakimovning terma jamoadagi faoliyatiga omad tilagan holda, Qatar maydonlaridagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishlarining tilakdoshi bo'lib qolamiz.



