

Jamoa odatda futbolchilar bilan ikki yillik shartnoma tuzadi. O'tgan yili klub bilan shartnoma imzolagan o'yinchilarning aksari yanvar oyidan boshlab erkin agent maqomiga ega bo'ldi. Lekin ular hozircha rasman klub bilan xayrlashgani yo'q. Faqat bir nafar o'yinchi "Oq-tepa"ni tark etdi.
Bu klub tarbiyalanuvchisi Berumiy Abdunabiev. Futbolchi o'z omadini boshqa klubda sinab ko'rmoqchiligi bois, jamoa rahbariyati unga oq yo'l tilab, yakuniga etmagan shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra, bekor qildi.
"Oq-tepa" klubi matbuot xizmati


