Opta APLning joriy mavsumi qanday yakunlanishini ilmiy tomondan ko'rsatib berdi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2020, 17:09
Koronavirus tufayli deyarli butun dunyoda futbol bo'yicha chempionatlar to'xtatilgan.

Shu qatorda Angliya Premer-ligasi ham tatilda. Opta sport tahlil kompaniyasi Angliya chempionati qanday yakunlanishi mumkinligini ilmiy tomondan ko'rsatib berdi:


- Ushbu modelda jamoalarning hujumkor va himoyaviy jihatlari asosida o'yinning taxminiy natijalari hisoblangan.

- Jamoaning sifati so'nggi to'rt mavsumdagi statistik ma'lumotlar bo'yicha hisobga olingan. Ko'proq yangi ma'lumotlarga tayanilgan.

- Model jamoalarning bir-biriga qulay yoki noqulay ekanligini ham hisobga olgan.

- Barcha ma'lumotlar yordamida 10 000ta simulyaciya (taxminiy hisob-kitob) o'tkazildi.

- Quyidagicha jadval hosil bo'ldi. Simulyaciyalarga tayangan holda jamoalarga o'rtacha o'rin va ochko taqsimlandi.


10 000ta simulyaciyaning birortasida ham "Liverpul" sovrinsiz qolib kyetmadi. O'rtacha hisob-kitoblar bo'yicha "qizillar" maksimal ochko to'plash rekordini yangilashdi.


Bu barcha raqamlar joriy mavsumda "Liverpul" APLda yakka hukmrolik qilganini ko'rsatmoqda. Voqealar rivojini kuzatamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta