Omar Momanidan yangi karikatura: Konte va Morata MYUni tutin ichida qoldirdi

Tolibjon Qosimov
6 noya 2017, 10:49
Omar Momanining yangi ishini e'tiboringizga havola qilamiz.

Kecha Angliya Premer-ligasi 11-turi doirasida "Chelsi" jamoasi "Manchester Yunayted"ni qabul qildi va Alvaro Morataning goli evaziga minimal hisobda g'alaba qozondi. Taniqli komik rassom Omar Momani esa ushbu uchrashuvga bag'ishlangan karikaturasini "Guy Fawkes Night" (Gay Foks kechasi)ga bog'lab chizdi.

Ma'lumot uchun: "Gay Foks kechasi" - Buyuk Britaniyada har yili 5 noyabr kuni ananaviy tarzda nishonlanadi. Ushbu kechada odamlar gulxan yoqishadi va mushakbozlik qilishadi. "Chelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi ham aynan 5 noyabr kechasida o'tkazildi.

Konte va Morata MYUni tutin ichida qoldirdi


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia