Oltin to'pga da'vogarlarning 23talik ro'yxati 20 oktyabr kuni e'lon qilinadi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2015, 09:50
FIFA Oltin to'p sovrini uchun 23talik va yakuniy uchtalik ro'yxatni qachon e'lon qilishini ma'lum qildi.

23 nafar futbolchidan iborat bo'lgan ro'yxat France Football ekspertlari bilan 20 oktyabr kuni e'lon qilinadi.

Mana shu futbolchilarga barcha terma jamoa murabbiylari va sardorlari hamda OAV vakillari ovoz berishadi. 30 noyabr kuni sovringa da'vogar bo'lgan 3 nafar futbolchi nomi ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Oltin to'p sovrini sohibi 2016 yilning 11 yanvar sanasida Cyurixda taqdirlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com