"Oltin kuz" musobaqasining ikkinchi kun natijalari

Xayrulla Xoliqov
7 noya 2017, 20:22
Kecha saytimiz orqali 2009-2010 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida navbatdagi "Oltin kuz" futbol festivali start olgani haqida xabar bergandik.

Mazkur musobaqa o'tgan yil ilk marta tashkil etilgan va bir qator quvonchli voqealarga boy bo'lgandi. Bu safar ikkinchi bor o'tkazilayotgan turnirda jami 20ta jamoa ishtirok etmoqda. 

Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi zalida tashkil etilayotgangan festivalda bugun ikkinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Kun davomida jami 10ta o'yin o'tkazildi. 

Endilikda bunday musobaqalar O'zbekiston futbol federatsiyasi va Toshkent shahar futbol federatsiyasining o'zaro hamkorligida tashkil qilinadi. "Oltin kuz" futbol festivalining bosh homiysi "ChaCha" savdo belgisi. 

Ushbu musobaqa festival bo'lgani uchun jamoalarning ochkosi hisoblanmaydi, bundan ko'zlangan maqsad hech kimning xafa bo'lmasdan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va bolakaylarning futboldan rohat olishlarini taminlashdir. 


Quyida ikkinchi kun natijalarini keltirib o'tamiz.

2009 yilda tavallud topganlar 

“Junior Football” – “Do'stlik“ 1:2

"Spartak" - "Metallurg" 4:0

BO'SM-16 – “Spartak-2” 2:2

“Paxtakor” - “Nasaf-2” 2:3

“Mega Sport” - “Nasaf” 0:1 

“Odil Junior” - “Qo'qon-1912” 7:6

2010 yilda tavallud topganlar

"Lokomotiv-Boysun" - "Lokomotiv-B" 1:1 

"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv-A" 4:5 

"Bunyodkor" - IBO'SM 1:1

"Istiqlol" - "Mega Sport" 1:3

Ertaga uchinchi kun uchrashuvlari o'tkaziladi va shu bilan navbatdagi musobaqaga yakun yasaladi. Turnir yakunida barcha ishtirokchi jamoalarga medallar va kubok topshiriladi. 






O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia