

Biroq internet tarmog'ida "Oltin to'p-2019" mukofoti uchun berilgan ovozlarning yakuniy natijalari tarqalib ketdi. Bu ma'lumot rost bo'ladigan bo'lsa, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mazkur mukofotni 6-marta qo'lga kiritadi. To'g'riligi tasdiqlanmagan o'sha hujjatda Ronaldu 578 ochko bilan mutloq yetakchi sifatida ko'rsatilgan. Undan keyingi pog'onalarni "Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk (570) va "Barselona" hujumchisi Leo Messi (499) egallagan.



