

Xususan mamlakat chempioni O'shning “Oloy” jamoasida ishqibozlarimizga yaxshi tanish bo'lgan Artur Parvanov, Rustam A'zamov, Timur Vasilev, Temur Sultonov, Ulug'bek Mo'minov, Anatoliy Vlasichev hamda Ernest Sedko kabi futbolchilar faoliyat yuritgandi.
Aytish kerakki, ushbu legionerlarimiz Top-ligada “Oloy”ning chempionlikka erishishida munosib hissa qo'sha oldi. Jamoaga biz uchun begona bo'lmagan sobiq futbolchi Andrey Vlasichev ustozlik qilganini ham aytish lozim. Ayni damda o'shliklar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa Turkiyada yig'in tashkil etgan. Ammo bir qator hamyurtlarimiz jamoani tark etgan ko'rinadi.
Ma'lum bo'lishicha “Oloy” safida Temur Sultonov bilan Ulug'bek Mo'minov qolgan xolos. Xatto bosh murabbiy Andrey Vlasichev ham jamoa bilan xayrlashgani atilayotir. Klub rahbariyati boshqaruv postiga mahalliy murabbiyni olib kelgan.




