"Olmaliq"ning g'alabasiz seriyasi 10ta o'yinga etdi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2016, 18:38
Oliy liganing 20-turi qoldirilgan uchrashuvida "Olmaliq" o'z uyida "Bunyodkor"ga 0:2 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa, "Olmaliq"ning g'alabasiz seriyasi 10ta o'yinga etdi. So'nggi bor Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoa 15-turda g'alabaga erishgandi. Oliy liganing ikkinchi davrasi boshlanganidan buyon "Olmaliq" 1ta durangga erishdi va 9 bor mag'lub bo'ldi.

Oliy liganing ikkinchi davrasida umuman g'alaba qozonmagan yagona klub aynan "Olmaliq" bo'lib turibdi.  

"Olmaliq" ayni paytda 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia