
Avval xabar berib o'tganimizdek, jamoani 3 nafar futbolchi (Doniyor Usmonov, Zabihillo O'rinboev, Alibobo Rahmatullaev) tark etdi. Ular o'rniga Vusal Magerramov, Zafar Polvonov, Sanjar Rixsiboev, Farhod Tojiev, Lutfulla To'raevlar taklif etilishdi. Tarkibda yuzaga kelgan raqobat sabab, jamoa rahbariyati yana ikki futbolchini ijaraga berishga qaror qildi. Murod Rajabov ikkinchi davrani "Navbahor" tarkibida o'tkazsa, Muhammad Isaev Samarqandning "Dinamo" jamoasi sharafini himoya etadi.