"Olmaliq" O'tkir Yusupovga jiddiy qiziqmoqda

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupovga "Olmaliq" jiddiy e'tibor qaratmoqda.


O'tgan mavsumni "Neftchi" safida o'tkazgan O'tkir Yusupov ayni paytda bir qator jamoalar e'tiboriga tushgan. Avvalroq Yusupovning xizmatlariga "Buxoro" va "Qizilqum" jamoalari qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.

Yaqinda Viktor Kumikov boshqaruviga o'tgan "Olmaliq" jamoasi yangi darvozabon izlamoqda.

Ular "Neftchi" posboni O'tkir Yusupovga jiddiy e'tibor qaratishgan.

Eslatib o'tamiz, O'tkir Yusupovning "Neftchi" bilan tuzgan shartnomasi 31 dekabrga qadar mo'ljallangan.

"Qizilqum", "Buxoro" va "Sho'rtan" Yusupovga qiziqmoqda


Manba: championat.asia