

Rejaga ko'ra 6 fevral kuni birinchi o'yin "Zarya" bilan o'tkazildi. Kecha jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonaga Ukrainaning yana bir jamoasi "Volin" ham kelib joylashdi. Ikkala jamoa rahbariyati kelishgan holda 9 fevral kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazishni lozim topishdi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00da Topkape futbol majmuasida boshlanadi.



