“Olmaliq”: navbatdagi nazorat bahsida durang

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2017, 01:36
“Olmaliq” futbolchilari Minsk shahrida o'tkazayotgan o'quv-yig'in doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini durang natija bilan yakunladi.

Bu gal jamoamizga Turkmaniston chempionati vakil "Axal" jamoasi raqiblik qildi. Avvalgi o'yinlarda bo'lgani kabi, bu uchrashuvda ham mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan deyarli barcha futbolchi ishtirok etdi. Qiziqarli kechgan bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. O'yinning 11-daqiqasida Zafar Polvonov tomonidan urilgan golga, 52-daqiqada Vohid Urazaxatov javob qaytardi.

Jamoamizning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 23 iyul kuni bo'lib o'tadi. Sparring raqib Belorussiya chempionatida ettinchi pog'onada borayotgan "Torpedo-BelAZ" jamoasi bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz