"Olmaliq": Ergashev va Nurliboev "Qizilqum", Murodov esa "So'g'diyona"da o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2013, 17:00
Avval xabar berib o'tganimizdek, "Olmaliq" jamoasi sharafini himoya etib kelgan bir qator futbolchilarga o'yin amaliyotisiz qolib ketayotganligi sabab ijarada to'p surishga ruxsat berilgandi.

Ikki futbolchi Isroil Ergashev va Farrux Nurliboev (fotoda) "Qizilqum" jamoasi safiga borib qo'shilgan bo'lsa, Marufxon Murodov "So'g'diyona" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Ikki futbolchidan farqli Murodov jamoani erkin agent sifatida tark etgan. 

Shuningdek, yarim himoyachi Zafar To'raev o'z oldiga oliy liga vazifasini qo'ygan "Zarafshon" jamoasida ijara asosida to'p suradigan bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz