Olmo o'zining gol nishonlashini brend sifatida ro'yxatdan o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2024
Dani Olmo o'zining gol nishonlashini ro'yxatdan o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Olmo nishonlashini brend sifatida hujjatlashtirgan birinchi ispaniyalik futbolchi bo'ldi.

"Barselona" xavbeki gol urganidan so'ng bilagiga urib, soatni ko'rsatgandek ishora qiladi.

LaLigada golni brend sifatida ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilar bor. Ular Jud Bellingem va Kilian Mbappe. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca