Oliy liga. Yarim final o'yinlari 2-4 may kunlari bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
14 apr 2016, 18:25
Futzal bo'yicha XX milliy chempionat yarim final bellashuvlari 2-4 may kunlari bo'lib o'tadi.

Yaqinda yakuniga etgan chorak final bahslaridan so'ng amaldagi chempion "Olmaliq", o'tgan yilgi finalchi "Ardus", "Do'stlik-AIN" hamda "Bunyodkor" jamoalari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edilar.

Yarim finalda juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

"Olmaliq" - "Bunyodkor"
"Ardus" - "Do'stlik-AIN"

Barcha uchrashuvlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, yarim final o'yinlari tomonlardan birining ikkita g'alabasiga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz