Oliy liga. "Paxtakor" va "Lokomotiv" ishtirokidagi o'yinlar bir kunga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2015, 15:24
Xabaringiz bor, shu hafta oliy ligada so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Aslida oxirgi tur o'yinlari PFL reglamentiga ko'ra bir kunda va bir vaqtda boshlanishi kerak edi. Biroq dastlab "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi 19 noyabr kuniga ko'chirildi. Bugun olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Paxtakor" - "Andijon" va "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvlari 21 noyabr kuniga qoldirildi. Bunga sabab qilib O'zbekiston terma jamoasining kecha Qatarda Yamanga qarshi o'yin o'tkazgani ko'rsatilmoqda.

Demak, oliy liganing 30-tur o'yinlari 19, 20 va 21 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

PFL rasmiy saytida 27 oktyabr kuni "PFL reglamentining 4 bob, 4.16 bo'limiga binoan chempionatning oxirgi ikkita turining barcha o'yinlari bir vaqtda boshlanadi. 29 va 30–tur bahslari soat 14.00da start oladi",  shu mazmundagi xabar chiqqan edi. Shunday qilib, so'nggi tur o'yinlari 3 kunda bir vaqtda boshlanadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia