Oliy liga. "Nasaf" so'nggi o'yinda g'alaba qozondi

Aziz Tukhtamuradov
23 noya 2016, 15:40
Oliy liganing 30-turidan o'rin olgan "Nasaf" hamda "Mashal" jamoalari o'rtasidagi o'yinda qarshiliklarning qo'li baland keldi.

G'uzordagi o'yinning 20-daqiqasida Doniyor Narzullaevning o'ng tomondan darvozaga bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Bobir Abdixoliqov darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 1:0.

Uchrashuv tugashiga 13 daqiqa qolganida Sharof Muhitdinov ikkinchi bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi - 2:0.


14:00 - Nasaf (Qarshi) – Mashal (Muborak) 2:0
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), O. Jumaev (Navoiy), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Gol: Bobir Abdixoliqov 20, - 1:0. Sharof Muhitdinov 77, - 2:0.

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov (s), 6.Azizjon G'aniev (8.Sirojiddin Qo'ziev, 84), 7.Shuhrat Muhammadiev, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Shaxboz Erkinov, 23.Sherzod A'zamov, 33.Odil Hamrobekov (28.Fozil Musaev, 77), 34.Farruh Sayfiev, 38.Doniyor Narzullaev, 45.Bobir Abduxoliqov (18.Bahrom Abdurahimov, 72).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 16.Dilshod Xushbakov, 31.Saydullo Rahmatov, 69.Dragan Cheran.

“Mashal”: 35.Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov, 5.G'iyosjon Komilov (s), 6.Sardor Abduraimov, 8.Mirzakamol Kamolov, 9.Xumoyun Murtazoev (98.Sirojiddin Allaev, 90), 17.Vladislav Pavlenko, 27.G'ulomhaydar G'ulomov (29.Dilyaver Abibullaev, 69), 28.Maradona Safarov, 33.Andrey Derkach, 55.Avaz Agaliev (13.Shaxzod Shaymanov, 62).
Zaxira: 30.Botir Nosirov, 21.Tursunmurod Hamdamov, 96.Shoxjaxon Qilichev.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia