Oliy liga. "Nasaf" o'z uyida "Metallurg"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016, 20:06
Oliy liganing 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qarshidagi o'yining 4-daqiqasida chap qanotdan Bahrom Abdurahimov uzatib bergan to'pni Dragan Cheran boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, o'yinda hisobni ochdi - 1:0.

9-daqiqada Saydulla Rahmatovning chap qanotdan jarima maydonchasiga havolatib uzatib bergan to'pini Cheran o'tkir burchak ostida darvozaga yo'lladi - 2:0.

68-daqiqada Doniyor Narzullaevning ajoyib "reyd"idan keyin Hikmat Hoshimov kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etdi -3:0. Uchrashuv mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.


O'zPFL, 24-tur. 30.09.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod) 3:0

“Markaziy” stadion. 4116 tomoshabin

Hakamlar: Vladislav Seytlin (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent), Igor Gormashev (Toshkent)
Nazoratchi: Ibragim Sharipov (Buxoro)
O'zPFL vakili: Axrol Inoyatov.

Gollar: Dragan Cheran, 4 - 1:0 (Bahrom Abdurahimov). Dragan Cheran, 9 - 2:0 (Saydulla Rahmatov). Hikmat Hoshimov, 68 avtogol - 3:0.

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 7.Shuhrat Muhammadiev, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 23.Sherzod A'zamov (s), 24.Ognen Krasich (16.Dilshod Xushbakov, 84), 28.Fozil Musaev, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Doniyor Narzullaev, 69.Dragan Cheran (21.Azamat Allaniyozov, 76).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Ildar Mamatkazin, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 27.Islom Rashidxonov, 33.Odil Hamrobekov.

“Metallurg”: 91.Zafar Safoev, 4.Hikmat Hoshimov (s), 6.Dilmurod Karimov, 7.Doniyor Odilov, 8.Ayubxon Numonov (9.Farhod Namozov, 70), 11.Farruh Shotursunov (27.Muhammadodil Qahramonov, 73), 14.Davronbek Karimqulov, 22.Murodjon Toshmatov, 23.Sherzod Jalilov, 70.Jahongir Abdumo'minov, 77.Saidjon Abdujabborov.
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 5.Jasur Axmedov, 19.Ergash Ismoilov, 20.Ulug'bek Xudoyberdiev, 21.Sardor Rasulov, .

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia