Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Narzulla Saydullayev
5 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun chempionatda 6-o'rinni band etgan "Olmaliq" haqida so'z yuritamiz.

Mavsum
"Olmaliq" chempionat startini ajoyib boshlagandi. Ilk turda amaldagi chempion "Paxtakor" bilan Toshkentda durang qayd etilgan. Keyin "Nasaf" va "Andijon" mag'lub etilgan. Shu tariqa jamoa 3-turdan so'ng peshqadam bo'lib olgandi. Biroq keyin mag'lubiyatlar, ochko yo'qotishlar boshlandi. Yozgi tanaffusga jamoa 6-o'rinda chiqib ketdi. Ikkinchi davrada "Olmaliq" kuchli raqiblarni enga olmadi, faqat "Bunyodkor" va "Neftchi" bilan durang o'ynadi. O'zidan pastdagi jamoalarni taslim qilib ochkolar jamg'argan jamoa mavsumni ham aynan 6-o'rinda tugatdi.



Murabbiy
Igor Shkvirin "Olmaliq" murabbiyi sifatidagi sakkizinchi mavsumini o'tkazdi. Murabbiy bu yil bir qator tajribali va yosh futbolchilarni jamoaga jalb qildi. Statistikaga murojaat qilsak Shkvirin zaxiradan maydonga tushirgan 9 nafar futbolchi gol urishga erishdi. Bu uning zaxiradan qanchalik unumli foydalana olishidan darak beradi.



Yetakchi
Arslonmurod Omonov

Turkmanistonlik legioner bir mavsumning o'zida jamoada etkachi bo'la oldi. Universal futbolchi qanotlarda ham, markazda ham o'ynay oladi. U O'zbekiston chempionatidagi debyut mavsumida 5ta gol urdi va 10ga yaqin golli pas oshirdi. Agar 25 yoshli futbolchi keyingi yil ham "Olmaliq"da o'ynasa yanada yaxshiroq o'ynashi mumkin. 



Kashfiyot
Doniyor Ismoilov

1994 yilda tug'ilgan hujumchi bu yil oliy ligada debyut qildi. Debyut ajoyib bo'lgan. G'uzorda "Sho'rtan" bilan o'yinning 87-daqiqasida hisob mezbonlar foydasiga 3:2 bo'lib turganida Isomilov zaxiradan maydonga tushgan. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada 21 yoshli Doniyor oliy ligadagi ilk o'yinida o'zining dastlabki golini urib "Olmaliq"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. So'nggi turda "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan futbolchi 90+3-daqiqada to'p kiritib "Olmaliq"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. 



Eng yaxshi o'yin
"Olmaliq" - "Nasaf" 2:0

Oliy liganing 2-turida Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi "Olmaliq" klubi mehmoni bo'lgandi. O'shanda qarshiliklar OCHLda uchta va oliy ligada bitta o'yinda ishtirok etib bo'lishgandi. "Olmaliq" esa faqat bitta uchrashuv o'tkazgandi. Shunga qaramay Shkvirin boshchiligidagi jamoa "ajdarlar"ni 2:0 hisobida taslim qilishga erishgandi.



Eng yaxshi futbolchi
Shavkat Salomov

Yarim himoyachi "Olmaliq"da ajoyib o'yin namoyish eta oldi. Futbolchi 28ta o'yinda 8ta gol urdi va 10dan ortiq golli pas oshirdi. U "Buxoro" bilan bahsda dublga erishdi. Mavsum davomida ketma-ket to'rtta o'yinda maydonni golsiz tark etmadi. Serbiyalik legioner Nemanya Yovanovich ham yaxshi nomiga loyiq edi. Biroq u birinchi davrada atiga 2ta gol urdi. Faqat 18-turdan so'ng ketma-ket gollar urdi va 9ta gol bilan jamoa to'purariga aylandi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmpTug'.sanaO'yin    
Daqiqa    
Gol   
SK   
QK   
Omonov ArslonmurodYahm28.03.1990301699530
Salomov ShavkatYahm13.11.1985282462880
Yovanovich NemanyaHuj03.03.1984282380960
Inomov IslomHim30.05.1984272347270
Qutiboev SalamatYahm21.05.1986272183580
Gogol EvgeniyHim20.01.1986262210253
Pirimov ZohirYahm06.03.1990241580200
Abdumo'minov JahongirHuj09.02.1993241509470
Pavlenko NikitaYahm25.02.1994241381310
O'runov G'ulomYahm07.06.1989231092210
Jo'raev SahobHim19.01.1987211385051
Xonimqulov UmidDar17.08.1982171501010
Kashkaval AdrianHim10.06.1987151350210
Xojiakbarov Abduqahhor      
Him     
18.07.1989     
151144050
Turopov DiyorYahm09.07.1994151029140
Akbarov SaidkomilHim30.12.1982131170010
Murzoev Kamoliddin*Huj17.02.198712696311
Jo'raboev Obid**Him17.02.19869528030
Shog'ulomov Alisher**Huj06.02.19949257130
Fomichev Valeriy**Dar23.02.19888655001
Ismoilov DoniyorHuj14.02.19947220310
G'aniev TimurDar27.01.19845450010
Isroilov AzamatHim29.10.1991573010
Isoqjonov Islombek*Huj29.04.1993372010
Isaev MuhammadYahm01.09.1994231000
Shkvirin NikitaDar23.06.1991190000

Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Olmaliq-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar53
Uydagi gollar31 (58,49%)
Mehmondagi gollar22 (41,51%)
O'tkazilgan gollar49
Uyda o'tkazilgan gollar19 (38,78%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar30 (61,22%)
O'rtacha gol1,77
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,63
Uydagi ochkolar31/45 (68,89 %)
Mehmondagi ochkolar13/45 (28,89 %)
Eng yirik g'alaba4:0 - "Buxoro"
Eng yirik mag'lubiyat1:4 - "Lokomotiv"    
"Quruq" o'yinlar5 (16,67%)
Gol ura olmagan o'yinlar3 (10%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar2
Yirik mag'lubiyatlar1
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha)74 (2,47)
Chetlatishlar (o'rtacha) 6 (0,2)
Maydonga tushganlar (legioner)             
26 (5 - 19,23%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)134577 / 4486
 

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia