

“Birinchi bo'limda juda yaxshi harakatlandik, ammo ishni oxirigacha qila olmadik. Gol urish esa nasib qilmadi. Murabbiy tanaffusda: “Shu tarzda davom eting, o'z o'yiningizni ko'rsating va bu natija beradi”. Yana bir bor Angliya Kubogini qo'lga kiritmoqchiman, faqat bu safar “Chelsi” safida. Maqsadim ham shu. Mazkur sovrinni qo'lga kiritishni istaymiz. Bu o'ziga xos musobaqa. Ajoyib final o'yinini intizorlik bilan kutamiz”, – deydi Jiru.
Ma'lumot uchun londonliklar finalda “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi.



