"Olimpik"da bosh murabbiy o'zgardi

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2024, 15:41
Toshkentning "Olimpik" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Xabaringiz bor, Parijda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlaridan keyin toshkentliklar ustozi Timur Kapadze o'z xohishiga ko'ra, "Olimpik" bosh murabbiyligidan ketgandi.

Natijada, tajribali murabbiy Denis Korostichenko vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Bugun, 15 avgust sanasida, PFL "Olimpik" klubi Denis Korostichenkoni bosh murabbiy sifatida Ligada ro'yxatdan o'tkazganini e'lon qildi.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pfl.uz