"Olimpik" o'yinchilariga maoshining yarmidan voz kechish taklif qilinmoqda

Aslanov Jasurbek
31 dek 2026, 19:35
Championat.Asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, futbolchilarga pullarini faqat maoshning yarmidan voz kechish sharti bilan olish taklif qilingan.

Shu bilan birga, klub xodimlariga pul amalda to'lanmayapti. Xodimlar prokuraturaga murojaat qilish niyatidalar.

Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumda "Olimpik" moliyaviy sabablar tufayli Pro-liganing so'nggi turi doirasidagi "FarDU"ga qarshi o'yin uchun Farg'onaga bora olmagan, shu sababli klubga texnik mag'lubiyat yozilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia