

Bugun "Olimpik" jamoasi Belorus chempionati vakili "Energetik-BGU" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy qismida ustunlikka erishgan hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
E'tiborlisi, mezbonlar safida ikki nafar hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov va Shahzod Ubaydullaev 64 daqiqa maydonda harakat qildi.
"Energetik BGU" - "Olimpik" 1:2
Gollar: Yaroslav Makushinskiy 90' – Muhammadali G'iyosov 8', Ruslan Jiyanov 63'
"Energetik BGU"
Boshlang'ich tarkib: Denis Sadovskiy, Daniil Miroshnikov, Aleksandr Svirepa, Artyom Sokol, Andrey Rilach, Ayk Musaxanyan, Aleksey Lavrik, Dmitriy Girs, Bobir Abdixoliqov, Adama Diallo, Shahzod Ubaydullaev
Zaxiradan maydonga tushganlar: Egor Strelkovskiy, Vasiliy Sovpel, Maksim Kovalchuk, Yaroslav Makushinskiy, Vladislav Vasilev, Aleksandr Bulichyov, Roman Papariga
"Olimpik"
Boshlang'ich tarkib: Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, Shoxjahon Sultonmurodov, Behzod Shamsiev, Otabek Jo'raqo'ziev, Bektemir Abdumannonov, Temur Mamasidiqov, Doston Tursunov, Abdurauf Bo'riev, Muhammadali G'iyosov, Farruxbek Muxtorov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadaziz Ibrohimov, Ruslan Jiyanov, Shahzod Toirov, Jaloliddin Sodiqov, Eldor Begimov, Talgat Nigmatulin, Davron Anvarov, Ikrom Erkinov, Lyubomir Bondarenko, Hamidxon Rustamxonov .



