“Olimpik” nazorat uchrashuvida to'rtta gol o'tkazib yubordi

Khoja
29 yanv 2024
Turkiyada yig'in olib borayotgan “Olimpik” jamoasi navbatdagi nazorat o'yinini Rossiyaning “Maxachkala” (Dinamo) jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuvda “Olimpik” 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Toshkentliklar safida Ulug'bek Hoshimov va Jaloliddin Sodiqov gol mualliflariga aylandi.

Nazorat uchrashuvi

28 yanvar, 2024 yil

Turkiya. Antaliya.

“Olimpik” - “Maxachkala” Dinamo (Rossiya) 2:4

Gollar: Ulug'bek Hoshimov, Jaloliddin Sodiqov.

“Olimpik” tarkibida maydonga tushgan futbolchilar: Shukron Yo'ldoshev, Muhammadaziz Ibrohimov, Ulug'bek Hoshimov, Akbar Abdurasulov, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Saidafzal Ahrorov, Behruz Asqarov, Ruslanbek Jiyanov, Jaloliddin Sodiqov, Davron Olimjonov, Mustafo Abdumannopov, Ahmadullo Muqimjonov, Sunnatilloh Hamidjonov, Rustam Jahonov, Edem Nemanov.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/fcolympicuz