"Olimpik" nazorat o'yinida Qozog'iston klubini mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
27 yanv 2024
Turkiyada yig'in olib borayotgan "Olimpik" jamoasi bugun Qozog'istonning "Aktobe" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

O'yin toshkentliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Olimpik" safida Shahzod Toirov va Jasurbek Jaloliddinov gol mualliflariga aylandi.

Nazorat uchrashuvi

27 yanvar, 2024 yil

Turkiya. Antaliya.

"Olimpik" - "Aktobe" (Qozog'iston) 2:1

Gollar: Shahzod Toirov 26, Jasurbek Jaloliddinov 74 - Maksim Samorodov 43.

Uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilar: Hamidullo Abdunabiev, Shahzod Toirov, Mahmud Mahamadjonov, Aleksandr Zevadinov, Saidazamat Mirsaidov, Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov (Po'latxo'ja Xoldorxonov 75), Farrux Muxtorov (Behruz Asqarov 75), Alisher Odilov (Ulug'bek Hoshimov 84), Otabek Jo'raqo'ziev, Jasurbek Jaloliddinov.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia