

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida o'tkazilgan bellashuvlarning dastlabkisida "Olimpik-MobiUz"ga liganing yana bir ishtirokchisi "Lochin" raqiblik qildi. Bellashuvdagi yagona golga "Lochin" jamoasi a'zosi Suxrob Tashkinboev mualliflik qildi.

Ikkinchi o'yin esa Qozog'istoning "Ontustik" jamoasiga qarshi o'tkazilib, unda o'zbekistonliklar Maratov va Haydarovning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozondi.




