"Olimpiakos" kelishilgan o'yinlar tashkil etishda ayblanmoqda

26 apr 2020, 01:11
Gretsiyada kelishilgan o'yinlar bo'yicha tergov ishi nihoyasiga etgan.

SDNA xabariga ko'ra, 2015 yilda o'tkazilgan "Olimpiakos" - "Atromitos" uchrashuvining natijasi shubhali deb hisoblanmoqda.

Gumonlar o'z tasdig'ini topsa, "Olimpiakos" klubi quyi divizionga tushirib yuborilishi mumkin. 2014-2015 yillara bir nechta kelishilgan o'yinlarni tashkil etganlikda ayblanayotgan klub prezidenti Vangelis Marinakos futbolga oid faoliyatdan butun umrga chetlatilishi, shuningdek, 3 mln evro jarimaga tortilishi kutilyapti. Bu kabi ishlarda mamlakat futbol federatsiyasi sobiq rahbarlari, hakamlar va bir nechta klublarning qo'li borligi haqida ham gapirilyapti.

Ma'lumot uchun, 1925 yilda tashkil topgan "Olimpiakos" klubi Gretsiyadagi eng sovrindor jamoa hisoblanadi (mamahlakatning 44 karra chempioni).

O'xshash yangiliklar


Manba: SDNA