
Taniqli hakam, marhum Sayfiddin Ermatov bugungi yubilyarimizning futbol hayotida muhim o'rin tutadi. Jumladan, u kishi “Paxtakor” futbol maktabida Olimjon Abduvasilovga ustozlik qilgan bo'lsa, keyinchalik hakamlikning ham o'ziga xos sir-asrorlarini o'rgandi.
2006-2024 yillar oralig'ida salkam yigirma yil davomida futbol hakamligi sohasida faoliyat yuritdi. Milliy chempionat va O'zbekiston Kubogining eng muhim uchrashuvlarida ishladi. FIFA laysmeni sifatida halqaro bahslarga jalb etildi. Millionlar o'yinida ortirilgan tajriba evaziga o'zbek futbol jamoatchiligi orasida yuksak obro'-e'tibor ortirdi. Bugungi kunda malakali mutaxassis “Bunyodkor” futbol akademiyasida analitika bo'limini boshqaryapti.
Fursatdan foydalanib, O.Abduvasilovga mustahkam sog'liq, uzoq va barakali umr, oilangizga baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka, qalbingizga xotirjamlik va hayotingizning har bir kunida ezgulik hamda quvonch hamroh bo'lishini tilaymiz.
Yana ko'p yillar mobaynida O'zbekiston futboli ravnaqi yo'lidagi sharafli mehnatingiz bardavom bo'lsin!