Oliy liga-2015. Jasur Hasanov birinchi turni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2015, 13:04
2014 yil so'nggida bo'lib o'tgan Tartib-intizom qo'mitasi yig'ilishining qarorini eslatib o'tamiz.
Yoshlar ligasi
Olmaliq hujumchisi Timur Hakimov 26-turda Nasafga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan va 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

Buxoro yarim himoyachisi Azizbek Murotov 26-turda Lokomotivga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan va 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

Dinamo yarim himoyachisi Nodir Sanoqulov 26-turda Navbahorga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan va 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

Birinchi liga
Sho'rtan yarim himoyachisi Botir Qodirqulov ikkinchi bosqich 15-turida Paxtakor-2ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan va 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

Qo'qon-1912 himoyachisi Rustam Ashurmatov ikkinchi bosqich 16-turida Orol qizil kartochka olgan va 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

O'zbekiston chempionati 1-turidan o'rin olgan o'yinni quyidagi futbolchilar o'tkazib yuborishadi:

O'zbekiston kubogi-2014 finalida qizil kartochka olgan Jasur Hasanov (Lokomotiv).

O'zbekiston chempionati 26-turida qizil kartochka olgan Suxrob Berdiev (Sho'rtan).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz