Oliy liga-2013. 18-tur. Bekobodda gollar shousi, "Neftchi"dan 4:0

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 19:03
Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan 4ta o'yin yakuniga etdi.

"Buxoro" vakili Vohid Shodiev 8-daqiqada hisobni ochdi 0:1. 14-daqiqada Lupashkoning pasidan so'ng Ro'zimboy Ahmedov muvozanatni tikladi - 1:1. Oradan 5 daqiqa o'tgach Bahodir Pardaev maydon egalarini ranjitdi - 1:2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.   

68-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Oyatullo Muhiddinov hisobni tenglashtirdi - 2:2. Keyingi daqiqadayoq mehmonlar yana oldinga chiqib olishdi. Vohid Shodiev dublga erishdi - 2:3. Uchrashuv mana shu hisob bilan yakunlandi.  


16:00 - Navbahor (Namangan) – Buxoro (Buxoro) 2:3 (1:2) 
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Gollar:
Vohid Shodiev 8, - 0:1, Ro'zimboy Ahmedov 14, - 1:1 (Aleksandr Lupashko).  Bahodir Pardaev 19, - 1:2 (Devid Oniya). Oyatullo Muhiddinov 68, - 2:2. Vohid Shodiev 69, - 2:3. 
Navbahor: Pavel Leus, Leonid Koshelev (Oyatullo Muhiddinov, 64), Azim Ahmedov, Timur Sultanov, G'ayrat Jo'raev, A'zam Aliev, Ro'zimboy Ahmedov, Qahramon Mahammadjonov, Rustam A'zamov, Jahongir Mehmonov, Aleksandr Lupashko.
Zaxira: Islom Jo'raev, Botir To'raboev, Akram Bahriddinov, Sohib Abdullaev, Durbek Umaraliev, Ayubxon Gapparov.
Buxoro: Sardor Qobuljonov, Naoya Shibamura, Devid Oniya, Alisher Sanaev, Vohid Shodiev, Otabek Narzullaev, Bahriddin Vahobov, Yuriy Rijko, Bahodir Pardaev, Abduqahhor Hojiakbarov, Vladimir Kilikevich.
Zaxira: Botir Nosirov, Aleksey Nikolaev, Alisher Mahmudov,
Otabek Valijonov, Alisher Azizov, Nodir Jo'raev, Ilya Ilin.
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

 

  

Bekoboddagi o'yindagi hisobni maydon egalari ochishdi. 16-daqiqada Ruslan Vagapovning oshirib bergan to'pini Shaxzodbek Nurmatov darvozaga yo'lladi - 1:0. 30-daqiqada Alisher Shog'ulomov hisobni tenglashtirdi - 1:1. Birinchi bo'lim so'nggida esa Elyor Jahonovning pasidan so'ng Mo'ydin Mamazulumov mehmonlarni oldinga olib chiqdi - 1:2. Dastlabki bo'lim shu hisob bilan tugadi. 

Ikkinchi bo'limda maydon egalari hujumchisi Shaxzod Nurmatov ikkita, Shuxrat Yo'ldoshev esa bitta gol urdi. Mehmonlardan Alisher Shog'ulomov hisobni qisqartirdi - 4:3. 87-daqiqada chamasi 17 metrlardan belgilangan jarima to'pini Sunnatilla Mamadaliev aniq amalga oshirdi - 5:3. O'yin mana shu hisob bilan tugadi. 


16:30 - Metallurg (Bekobod) – Guliston (Guliston) 5:3 (1:2) 
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), S. Shoyusupov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), SH. Bozorov (Namangan)
Gollar:
Shaxzodbek Nurmatov 16, - 1:0 (Ruslan Vagapov). Alisher Shog'ulomov 30, - 1:1 (Sergey Rekun). Mo'ydin Mamazulumov 45, - 1:2 (Elyor Jahonov). Shaxzodbek Nurmatov 51 - 2:2, Shuxrat Yuldoshev penaltidan 58 - 3:2 (Shaxzod Nurmatov), Shaxzodbek Nurmatov, 65 - 4:2 (Doniyor Odilov), Alisher Shog'ulomov 68, - 4:3 (Zafar Qoraqulov). Sunnatilla Mamadaliev 89, - 5:3. 
Metallurg: Mamur Ikromov, Odil Isaboev, Saidkomil Akbarov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Shaxzodbek Nurmatov (Nozim Esonov, 75), Shuxrat Yuldashev, Davron Karimqulov, Ruslan Vagapov, Mirg'iyoz Sulaymonov (Sunnatilla Mamadaliev, 58), Sardor Rasulov (Mirto'ra Akbarov, 66). 
Zaxira: Rahimjon Rahimberdiev, Shoxnazar Norbekov, Alisher Ziyovutdinov, Jasur Boboev.
Guliston: Ilhom Jumanov, Rabbim Hasanov (Rustam Qodirov, 46), Bobur Akbarov, Mirjalol Qurbonov, Sarvar Jo'raev, Elyor Jahonov (Nodir Teshaboev, 46), Alisher Shog'ulomov, Mo'ydin Mamazulumov (Zafar Qoraqulov, 67), Sergey Rekun, Toxir Shamsiddinov, Shukur Jumaboev.
Zaxira: Doniyor Usmonov, Xurshid Yo'ldoshev, Dilmuhammad Xudoyberdiev, Ilyos Xayrov. 
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

 

 

Farg'onadagi o'yindagi hisob 16-daqiqada ochildi. Belgilangan jarima to'pini G'ulom O'runov aniq amalga oshirdi - 1:0. 33-daqiqada Sardor Mirzaev tomonidan oshirilgan to'pni Otaqo'ziev boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni oshirdi - 2:0. 

Ikkinchi bo'limda maydon egalari safida Mirzakamol Kamolov va Sardor Mirzaev bittadan gol urib hisobni yirik ko'rinishga keltirishdi - 4:0.

 

16:15 - Neftchi (Farg'ona) – Olmaliq (Olmaliq) 4:0 (2:0) 
Hakamlar:
V. Seytlin (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), V. Lushin (Guliston), D. Pislegin (Toshkent)
Gollar:
G'ulom O'runov 16, - 1:0. Nosir Otaqo'ziev 33, - 2:0 (Sardor Mirzaev). Mirzakamol Kamolov, - 3:0. Sardor Mirzaev, - 4:0. 
Neftchi: G'ayrat Hasanov, Shukurali Po'latov, Mansur Saidov, Sardor Mirzaev, Dilyorbek Ermatov, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev, G'ayrat Jumaev, Shavkat Nasibullaev, G'ulom O'runov (Pavel Smolyachenko, 63), Nosir Otaqo'ziev (Otabek Isroilov, 46).
Zaxira: Xislat Chilmatov, Iqbol Boboxonov, Otabek Zokirov, Mirzakamol Kamolov, Zayniddin Tojiev.
Olmaliq: Umid Xonimqulov, Doston Abdurahmonov, Zafar Polvonov, Zohir Pirimov (Azamat Isroilov, 56), Igor Petkovich, Darko Stanoevich, Sherali Jo'raev (Sanjar Shoahmedov, 46), Diyorjon Turopov, Georgi Kvesieshvili, Obid Jo'raboev, Dilyaver Abibullaev,
Zaxira: Maqsatmurod Shomurodov, Sharif Mirzaev, Mamur Abdullaev, Elyor Mamasoliev.
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

 

Samarqanddagi o'yindagi dastlabki gol 31-daqiqada Farrux Shotursunov tomonidan urildi - 1:0. Dastlabki 45 daqiqalikda hisob o'zgarmadi. 

62-daqiqada Suxrob Berdiev hisobni tenglashtirdi - 1:1. Uchrashuvda durang qayd etildi. 


17:00 - Dinamo (Samarqand) – So'g'diyona (Jizzax) 1:1 (1:0)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Gollar:
Farrux Shotursunov 31, - 1:0. Suxrob Berdiev 62, - 1:1.  
Dinamo: Igor Mixaylov, Akmal Bozorov, To'lqin Mirzaev, Sanat Shixov, Akmal Xolmurodov, Sirojiddin Sayfiev, Komil Sharofutdinov, Ildar Mamatkazin, Avaz Agaliev, Farrux Shotursunov, Alisher Samatov,
Zaxira: Andrey Melnichuk, Oybek Nurboev, Abdulla Nabiev, Firdavs Abdusaliev, Temur Dadashev, Omadjon Toyloqov, Azamat Abdullaev.
So'g'diyona: Aleksandr Melenchuk, Ilhom Komilov, Ilyos Qurbonov (Akmal Abdurahmonov, 64), Murodjon Toshmatov, Rasul Hayitov, Suxrob Berdiev, Siroj Hamroev, Orif Mamajonov, Elyor Oripov, Ayubxon No'monov, Maruf Murodov.
Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Javodullo Ibragimov, Asil Begimqulov, Zafar Narziqulov, Sanjar Rashidov, Bobur Qosimov.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia