Olich to'rtinchi Evro saralashida gol urgan 13-o'yinchiga aylandi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2015, 08:31
Gamburg va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Ivica Olich Evro-2016 saralashi doirasida Norvegiyaga qarshi bahsda (5:1) gol urdi.
Shunday qilib, 35 yoshli futbolchi to'rtinchi Yevropa chempionati saralashida gol urgan 13-o'yinchiga aylandi.

Finlandiyalik Yari Litmanen va irlandiyalik Robbi Kin bu borada mutloq rekordchi hisoblanishadi. Bu futbolchilar beshta Evro saralashida gol urishga muvaffaq bo'lishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru