

“Toshkentdagi birinchi o'yindan keyin kelib chiqib aytadigan bo'lsam, ertaga ochiq futbol bo'lishini bashorat qilishim mumkin. Biz gol urishimiz kerak, raqibni ham keyingi bosqichga chiqqani kafolatlanmagan. Vada beramanki, ertaga juda qiziqarli va muxlislarbop o'yin bo'ladi”, - deydi Pishur.
- Hujumchi sifatida “Al Hilol”ni himoya chizig'i haqida nima deya olasiz, bunday kuchli himoyani qanday yorib o'tish mumkin?
- Toshkentdagi bahda “Al Hilol” himoyachilari yaxshi harakat qilishdi. Biz o'z vaziyatlarimizni golga aylantira olmagandik. Ertaga muxlislarimizni xursand qilamiz. Men gol uramanmi yoki sheriklarim farqi yo'q, muhimi “Bunyodkor” yutsa bo'lgani.
Matbuot anjumani "Bunyodkor" matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.



