Oleg Kononov: Borussiyani yutsa bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
28 avg 2015
Krasnodar bosh murabbiyi Oleg Kononov Yevropa Ligasi qur'asidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, Krasnodar qur'a natijalariga ko'ra Borussiya D, PAOK va Gabala bilan bir guruhdan joy oldi.

"Borussiya" Dortmund shubhasiz guruh favoriti hisoblanadi. Qolgan uchta jamoa esa ikkinchi o'rin uchun kurash olib borsalar kerak.

Barcha raqiblar menga yaxshi tanish. "Borussiya" bilan "Karpat"da ishlagan vaqtimda uchrashganman. Bor kuchimiz bilan harakat qilib, guruhdan chiqmoqchimiz. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Istalgan raqibni yutsa bo'ladi, shu o'rinda "Borussiya"ni ham", - deydi Kononov.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru