Oleg Ivanov: "Fayzullaev – RPLning asosiy kashfiyoti"

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023
Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Oleg Ivanov SSKAning 20 yoshli yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevni RPL 2023/24 yilgi mavsum birinchi qismining asosiy kashfiyoti deb atadi.

"Braziliyalik Bitello – ajoyib xarid, u darhol unga sarflangan millionlarni oqlashni boshladi. Menga yangi kelganlardan Fayzullaev ham yoqdi. Qiziqarli bola. Jismoniy tomonlama hali kuchli emas, mushaklarini rivojlantirishi kerak. Ammo uning fikrlashi yaxshi, to'p bilan ajoyib ishlaydi va doimo xavfli vaziyatlar yaratadi. Aynan Fayzullaev – RPLning asosiy kashfiyoti", – dedi Ivanov.

Fayzullaev 2023/24 yilgi mavsum SSKA safida RPLda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс