OKMK sobiq futbolchisi Alisher Jalilov: "Qatar qoida buzilishidan so'ng gol urdi. O'yin bo'yicha ularga yutqazmadik"

Administrator
18 yanv 2024, 01:09
Osiyo kubogi "A" guruhi ikkinchi turidan o'rin olgan Tojikiston - Qatar uchrashuvidan so'ng Tojikiston termasi futbolchisi Alisher Jalilov Championat.asia saytiga kichik intervyu berdi.

- Alisher, o'yin uchun rahmat. Uchrashuv bo'yicha fikrlaringiz qanday?

- O'yinni zo'r boshlagandik. To'g'risini aytsam, Qatar qoida buzilishdan so'ng gol urdi. O'yin bo'yicha Qatarga yutqazmadik.

- Livanga qarshi bo'ladigan uchinchi turi o'yini haqida nimalar deya olasiz? Tojikiston termasida keyingi bosqich uchun yaxshi imkoniyatga ega...

- Livanga qarshi bahs biz uchun finalga teng o'yin bo'ladi. Bu uchrashuvda g'alaba qozonadigan bo'lsak, katta ehtimol bilan guruhdan chiqamiz. Shu sabab ham, faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Peshonada yozilgani bo'ladi, albatta. Lekin, biz faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Bizni finalga teng o'yin kutmoqda. 

- Agarda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqsangiz, bu Tojikiston uchun tarixiy natija bo'ladi. Birinchi Osiyo kubogidayoq pley-off bosqichi...

- Ha, agar buni uddalasak biz uchun juda yuqori natija bo'ladi. Aytganimdek, bu o'yin biz uchun finalga teng. 

- O'zbekiston terma jamoasi o'yinlari kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, O'zbekiston termasiga ham muxlislik qilyapmiz. O'zbekiston ikkinchi turda g'alaba qozona olsa, pley-off bosqichiga chiqish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'ladi.

Jalolxon Inog'omxo'jaev suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia