OKMK serbiyalik futbolchi bilan "2+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
20 fev 2026, 20:09
OKMK matbuot xizmati Urosh Koyich bilan shartnoma imzolanganini tasdiqladi.

"Olmaliqning OKMK FK jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Serbiyalik hujumkor yarim himoyachi Urosh Koyich bilan rasman shartnoma imzolandi. Klub va futbolchi o'rtasidagi hamkorlik kelishuvi 2+1 tizimida rasmiylashtirildi.

22 yoshli yangi futbolchimiz asosan Serbiya chempionatlarida toblangan bo'lib, faoliyati davomida Borats, Indjiya va Loznica kabi klublar sharafini himoya qilgan. U professional darajada jami 87 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.

Shuningdek, Urosh Koyich professional faoliyatiga qadar Vojdovac U-19 jamoasi safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.

Ushbu transfer jamoamizning kreativ chizig'ini kuchaytirish hamda hujumkor salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirildi. Ishonamizki, Koyichning o'ziga xos o'yin uslubi va sermahsulligi konchilarning joriy mavsumdagi yuksak maqsadlariga erishishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. 

OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Urosh!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати