Oybek Nurboev va Eldor Mamatkazin "Dinamo"da

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2013, 17:28
Ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi safida bir qator yangi futbolchilar kelib ko'rikdan o'tishmoqda.
Jumladan, birinchi davradan so'ng Neftchi jamoasini tark etgan Oybek Nurboev hozirda klubimiz safiga qo'shildi. Ushbu himoyachi ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa faoliyatini Samarqandda davom ettiradi. Shuningdek, Andijon jamoasidagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan himoyachi Eldar Mamatkazin Dinamoning Samarqanddagi yig'iniga kelib qo'shildi.

Joriy mavsumdan boshlab Paxtakor klubi sharafini himoya qilib kelayotgan ushbu futbolchi ikkinchi davrani jamoamizda boshlashi mumkin. Mamatkazin (fotoda oq formada) hozirda jamoa ko'rigida bo'lib turibdi.

Darvoqe, Ukrainada tatilda bo'lib qaytgan jamoa darvozaboni Andrey Melnichuk va yarimhimoyachi Vladimir Kilikevich ham jamoa yig'iniga kelib qo'shilishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz