O'g'il muborak, “Xorazm”lik Marks Quramboev

Narzulla Saydullayev
18 sen 2015, 08:44
Urganch shahrining “Xorazm” jamoasi yetakchi futbolchisi Marks Quramboev o'g'il farzandlik bo'ldi.

Shu o'rinda aytish joizki, Marks ko'p yillardan buyon voha futboli sharafini munosib himoya qilib kelyapti. Jamoa xoh oliy ligada bo'lsin, xoh birinchi ligada bo'lsin o'zining chiroyli o'yinlari bilan muxlislarini quvontirayotir.   

Shu quvonchli voqea munosabati bilan  Marksni, umuman uning oila a'zolari va yaqinlarini tabriklaymiz. Chaqaloqqa otasidek futbolchi bo'lib yetishini, buning barobarida dadasidan o'zib, O'zbekistonimiz sharafini munosib himoya qiladigan avlod bo'lib kamol topishini tilab qolamiz.

“Xorazm” futbol jamoasi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia