
Mazkur Kongressda tashkilot Nizomiga bir qator o'zgartirishlar kiritildi.
Avvalroq ma'lumot berganimizdek, mazkur Kongressda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov, O'FF Birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va O'FF Kotibiyati boshlig'i Sanjar Rizaev ishtirok etishdi.
Kongressda ishtirok etgan OFK delegatlari 2014 yili San Paulu shahrida bo'lib o'tgan OFK Kongressida qabul qilingan yangiliklarni tasdiqlashdi. Ular orasida eng asosiy masalalardan biri OFKga a'zo ayrim mamlakatlarni Janubiy va Markaziy Osiyo zonalariga ajratish bo'ldi.
Unga ko'ra, Markaziy Osiyo zonasida O'zbekiston, Eron va futboli jadallik bilan o'sib kelayotgan yana to'rt terma jamoa (jami 6ta) jamoa ishtirok etsa, Markaziya zonada futboli rivojlanayotgan 7ta jamoa ishtirok etadi.
Kongressda shuningdek OFK Ijroqo'miga a'zo bo'lgan ayollar sonini bittaga oshirilishi tasdiqlandi. Unga ko'ra, yangi tashkil etiladigan beshinchi zonadan yangi Ijroqo'm a'zosi tayinlanadi.
Kongressda so'z olgan OFK prezideni Shayh Salmon Ibrohim Al Halifa Kongress ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va qabul qilingan qarorlar, o'zgartirishlar Osiyo futboli rivoji uchun qo'yilgan yangi qadam ekanini ta'kidladi.
OFK Nizomiga kiritilgan yangi loyihalar, saylov komissiyasi tarkibiga o'zgartirishlar kiritilishi va qabul qilingan bir qator yangiliklar Konfederatsiya rivoji uchun xizmat qilishiga shubham yo'q. Nizomga o'zgartirishlar kiritib mintaqa futboli rivoji uchun birgalikda qadam tashlamoqdamiz, buning uchun barcha delegatlarga minnatdorchilik bildiraman, - deydi OFK prezidenti.
Kongress yakunida OFK Ijoqo'mi a'zolari soni qaytadan tasdiqlandi. Unga ko'ra, OFK Ijroqo'mi a'zolari soni endilikda 25tani tashkil qiladi:
OFK prezidenti (Shu o'rinda FIFA vice-prezidenti)
OFK vice-prezidentlari soni - 5ta
OFKning FIFA Ijroqo'midagi a'zolari soni - 3ta
OFK Ijroqo'midagi ayol delegatlar soni - 5ta
OFK Ijroqo'miga saylanadigan doimiy a'zolari - 11ta
Avstraliyaning Melburn o'tkazilgan OFKning navbatdan tashqari Kongressida OFKga a'zo 46ta mamlakat delegaciyasi ishtirok etdi.