OFKning Klublarni licenziyalash uyushmasi boshlig'i Toshkentda seminar o'tkazmoqda

Tolibjon Qosimov
7 iyun 2018, 15:27
Professional futbol ligasi milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublarning har tomonlama professional faoliyat olib borishini taminlash, ularning infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, mamlakatimizga bir qator xorijlik katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar ham taklif etilmoqda. Ular klublarimiz hodimlari bilan o'z tajriba va mahoratlarini o'rtoqlashishmoqda.

Bugun OFKning Klublarni licenziyalash uyushmasi boshlig'i janob Maxajan Vasudevan Nair Toshkentga keldi. Uning tashrifidan ko'zlangan asosiy maqsad – Superliga ishtirokchi klublari hodimlariga licenziyalash uchun qo'yiladigan asosiy talablar, bu borada ahamiyat qaratish zarur bo'lgan zarur jihatlar haqida yanada to'liqroq ma'lumot berishdir. Bugun va ertaga bo'lib o'tadigan seminarda klublar licenziyalash bo'limi mutaxassislari hamda buxgalterlari ishtirok etishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz