OFK talqini bo'yicha eng yaxshi suratlar

Xayrulla Xoliqov
25 apr 2020
OFK rasmiy sayti turli paytlarda olingan eng sara suratlarni taqdim etdi.

Fotosuratchilar orasida shunday gap yuradi: "Hech bir fotosuratchi yo'qki, bitta bo'lsa ham unutilmas kadr olmagan bo'lsa". Fotosuratchilar o'yin payti ko'p ham ko'zga tashlanmaydi. Ular maydon chetidagi reklama to'siqlar ortida turib jimgina ishini qiladi. 

O'yin payti zo'r kadr olish - fotosuratchining baxti. Ular uchun bundan ortiq suyunchi yo'q. Quyida OFK talqiniga ko'ra, eng yaxshi suratlarni taqdim etamiz.

Iroqlik fotosuratchi Osiyo Kubogida o'z vatani jamoasining Qatarga mag'lub bo'layotganini kuzatmoqda


2002 yilgi jahon chempionatida An Jung Xvan Italiyaga gol urib Janubiy Koreyani keyingi bosqichga olib chiqqandi


2018 yilgi OCHL finali. "Persepolis" muxlisasi hashamatli "Ozodi" stadionida kechgan o'yinga kirganidan xursand


1966 yilgi jahon chempionati. KXDR hujdumchisi Pak Du Ik gol urib Italiyani mag'lub etgan vaziyat


Qatarlik Almuaz Ali Osiyo Kubogi-2019 finalida mana shunday gol urgandi


"Al Hilol" hujumchisi Bafetimbi Gomis o'z gollarini doim mana shunday nishonlaydi


Yaponiya ayollar terma jamoasining 2011 yilgi jahon chempionati finalidan keyin xursandchiligi


2015 yil Osiyo Kubogi finalidan keyin avstraliyalik Tim Keyxill kubokni boshi uzra ko'tarmoqda


2015 yilgi OCHL finalida Xitoydagi "Tianxe" stadioni shunday ko'rinish olgandi


Yunis Mahmud 2007 yil Osiyo Kubogi finalida gol urib o'zini ko'rsatgan


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com