OFK OCHL pley-off bahslarining boshlanish vaqtlarini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2024, 23:45
14 fevral kunida OCHLning pley-off bosqichi uchrashuvlari start oladi.

OFK ushbu bahslarning boshlanish vaqtlarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, "Nasaf"ning o'z maydonida "Al Ayn"ga qarshi o'yini 14 fevral kuni soat 19:00da start oladi.

21 fevral kuni tomonlarning javob uchrashuvi o'tkaziladi. Ushbu bahs mahalliy vaqt bilan 20:00da (bizning vaqt bilan 21:00) boshlanadi.

"Navbahor"ning "Al Ittihod"ga qarshi uchrashuvi 15 fevral kuni 19:00da start oladi.

Javob o'yini esa 22 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 19:00ga (bizning vaqt bilan 21:00) belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif